×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Singapurning “Wilmar International” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

Joriy yilning 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Singapurning “Wilmar International” kompaniyasi raisi va bosh ijrochi direktori Kuok Khoon Hong bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: Wilmar International” kompaniyasi 1991-yilda Singapurda tashkil etilgan bo‘lib, Osiyoda yetakchi agrosanoat korporatsiyasi hisoblanadi. Kompaniya Singapur birjasida bozor kapitallashuvi boyicha eng yirik kompaniyalar qatoriga kiradi.

“Wilmar International” Xitoy, Hindiston, Indoneziya va 50 ga yaqin mamlakatlarda 500 dan ortiq ishlab chiqarish zavodlariga va 50 dan ortiq ta‘minot tizimiga ega. Kompaniyaning 2022-yildagi sof foydasi 2.4 milliard dollarga baholangan. Xodimlari soni – 100 ming nafar.

Konstruktiv fikr almashish chogʻida qishloq xoʻjaligi sohasida oʻsimlik yogʻi, un, guruch kabi muhim oziq-ovqat mahsulotlarini hamda chorvachilik sanoati uchun ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. “Wilmar International” kompaniyasi vakillari mamlakatimiz hududlarida oʻrganib kelgan ishlab chiqarish quvvatlarini yuqori baholadilar.

Muzokaralar yakunida hamkorlikni yanada rivojlantirish va muhokama qilingan loyiha va tashabbuslar bo‘yicha ishlarni tezroq boshlash yuzasidan ikki tomonlama choralar ko‘rishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.