×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Бўш иш ўрни

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga

Tahliliy ma’lumotlarni shakillantirish bo‘limi bosh mutaxassisi

lavozimiga ishga qabul qilish uchun

TANLOV E’LONI

 Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy bilim va malaka talablari:

  • Iqtisodiyot, moliya va huquqshunoslik yoki boshqa o‘zaro bog‘liq sohalarda bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lish;
  • Ish staji – kamida 1-3 yil tegishli sohalarda;
  • Chet tilini bilish: o‘zbek tili – erkin, rus tili – erkin, ingliz tili –erkin darajada;
  • Tadbirkorlik va investitsiya faoliyatiga taaluqli qonunlar va normativ hujjatlar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Tahlil qilish qobiliyatiga va ko‘nikmaga ega bo‘lish;
  • Amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish va tizimli muvofiqlashtirish;
  • Xalqaro tashkilotlar va tahlil qilish markazlarida ishlash tajribasiga ustunlik beriladi;
  • Microsoft Office va Power Point dasturlarini bilish.

 Bosh mutaxassisning asosiy vazifalar:

O‘z faoliyatida Bosh mutaxassis:

  • tashriflar, uchrashuvlar, muzokaralar, shuningdek Agentlik xodimlari ishtirokida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishda qatnashadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya tadbirlari va biznes-forumlarni tashkil etish va ularni xorijda tashkil etishga ko‘maklashish, tegishli tarqatma materiallar tayyorlash bo‘yicha ishlarni olib boradi; Agentlikning bo‘linmalari bilan hamkorlikda Agentlik vakillari ishtirokida yirik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha takliflarni shakllantiradi;
  • bo‘lim boshlig‘ining bo‘limga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan buyruqlarini bajaradi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi, uning tarmoqlari va hududlarining investitsion jozibadorligi va ishbilarmonlik muhiti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, to‘plash va qayta ishlash;
  • investitsiya faoliyatiga ta’sir etuvchi normativ-huquqiy bazani, investorlarning huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sanoat, hududlar va faoliyat sohalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik mexanizmlari va xorijiy investorlarga taqdim etiladigan imtiyozlar va preferentsiyalar hamda boshqa hujjatlarni tahlil qilish.
  • xorijiy investorlar respublika hududida faoliyat olib borishda duch keladigan muammolar to‘g‘risida ma’lumot to‘plash, tahlil qilish va umumlashtirish tizimini tashkil etish, shu asosda investitsiya faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, xorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, himoya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
  • xorijiy investitsiyalarni jalb etish va rivojlantirish holati to‘g‘risida statistik va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • xorijiy mamlakatlardagi investitsiya muhitining qiyosiy tahlilini o‘tkazish va respublikada investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • xorijiy investorlar va xorijiy davlatlarning boshqa vakillari o‘rtasida respublikadagi ishbilarmonlik muhiti va investitsiya muhitining holati bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazish, mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, shu asosda investitsiya strategiyasi bo‘yicha sharh va tavsiyalar tayyorlash;
  • mamlakatning investitsion jozibadorligidagi o‘zgarishlar tendentsiyalarini aniqlash;
  • tarmoqlar, hududlar, shu jumladan, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish va umumlashtirish;

Maosh: Suhbat natijasiga ko‘ra.

Aloqa ma’lumotlari:

  • uzipa@invest.gov.uz elektron manzil;
  • (71) 202-02-11 Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi.