O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga
Tahliliy ma’lumotlarni shakllantirih bo‘limi bosh mutaxassisi
lavozimiga ishga qabul qilish uchun
TANLOV E’LONI
- Ma’lumoti oliy – (tegishli yo‘nalish bo‘yicha bakalavr, magistratura);
- Ish staji – kamida 3-5 yil tegishli sohalarda va davlat byudjet taskilotlarida;
- Chet tilini bilish: o‘zbek tili – erkin, rus tili – erkin, ingliz tili – IELTS 6.0 kam bo‘lmagan darajada
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy malaka talablari:
– Iqtisodiy tarmoqlarni batafsil tahlil qilish tajribasi;
– Tadbirkorlik va investitsiya faoliyatiga taaluqli qonunlar va normativ xujjatlar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi;
– Tahlil qilish qobiliyatiga va ko‘nikmaga ega bo‘lish;
– Iqtisodiyot, moliya va huquqshunoslik yoki boshqa o‘zaro bog‘liq sohalarda bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lish (O‘zbekiston yoki xorijiy oliy o‘quv yurtlarining diplomlari);
– Iqtisodiy va moliyaviy tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertiza qilish. O‘z faoliyati doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni o‘tkazish;
– Amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish va tizimli muvofiqlashtirish;
– Xalqaro tashkilotlar va tahlil qilish markazlarida ishlash tajribasi rag‘batlantiriladi;
– Microsoft Office dasturlarini bilish (Excel, Power Point va boshqalar.);
Asosiy vazifalar:
- Batafsil tarmoq va sanoat tahlillari taqdim etish;
- Respublikada investitsiya muhiti va biznes sharoitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Barcha soliq turlari bo‘yicha ma’lumotga ega va unga doir qonun xujjatlarni qo‘llash va xisobotlar tayyorlash;
- Potentsial investorlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy ma’lumotlar va ularni qullab-quvvatlash;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi qoidalarni xorijiy investorlar uchun tushunarli bo‘lgan shaklda o‘zgartirish va tadbiq qilish (infografika, bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar, taqdimot va xokazo).
- Tahlil asosida, dolzarb muammolarni taxlil qilish, tizimlashtirish va takliflar ishlab chiqish.
Aloqa ma’lumotlari:
- uzipa@invest.gov.uz elektron manzil;
- (71) 202-02-11 Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi.