×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Oʻzbekiston-Xitoy (Hubei)-biznes forumi: Savdo va Investitsiyani rivojlantirish

2024 yilning 15 may kuni Toshkent shahrida Xitoy (Hubei)-O‘zbekiston Savdo va Investitsiya Forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 100 dan ortiq ishbilarmon doiralar vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ekspertlar ishtirokida joriy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va savdo aloqalarini kengaytirishning yangi istiqbolli yo‘nalishlari belgilandi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi  Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarini jalb etish agentligi Direktor vazifasini bajaruvchi O. Elmuratov, CCPIT Hubei bosh kotibi Yu Jiazhu hamda CCPIT Hubei vitse-prezidenti Shi Minghui ishtirok etdi. Tadbirda ishtirokchilar uzoq muddatli munosabatlarni yanada mustahkamlash va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qat’iy tayyorligini bildirdilar.

Forumning muhim jihatlaridan biri O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘ldi. Agentlik rahbari ishtirokchilarni o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish va O‘zbekiston iqtisodiyotining turli sohalariga sarmoya kiritish uchun keng imkoniyatlar bilan batafsil tanishtirdi.

Forum davomida investitsiya loyihalari taqdimoti boʻlib oʻtdi, shuningdek, “B2B” va “G2B” formatlarida uchrashuvlar tashkil etildi, unda ishtirokchilar qoʻshma korxonalar tashkil etish va oʻzaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzishning amaliy jihatlarini batafsil muhokama qilishga muvaffaq boʻldi.

Forum yakunlari bo‘yicha faol muhokamalar va Xitoy va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida aloqa o‘rnatish bilan yakunlandi.