×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligining 5-maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) davlat moliya instituti o‘tgan 7 yil davomida O‘zbekiston bilan  hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi. Ayni paytda mamlakatimizda Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida 5 ta loyiha amalga oshirilgan. Bugungi kunda Oʻzbekistonda energetika, chorvachilik, suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 4 ta loyiha amalga oshirish kutilmoqda. Ushbu anjumanda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimot qilindi. Bundan tashqari, samarali hamkorlikni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston va FTA o‘rtasida respublika iqtisodiyotining turli tarmoqlarida moliyaviy-texnik hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida “2023-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi”ni muvaffaqiyatli amalga oshirish rejalashtirilmoqda.