×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

NKMK $1,2 mlrdlik xalqaro kreditni jalb qildi

JPMorgan Chase, Citi, Societe Generale i Credit Suisse`dan iborat xorijiy banklar konsorsiumi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga investitsiya dasturini amalga oshirish uchun 1,2 mlrd dollar kredit ajratdi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) investitsiya dasturini amalga oshirish uchun xalqaro banklar konsorsiumidan 1,2 mlrd dollarlik kredit jalb qildi, deya xabar berdi kombinat matbuot xizmati.

Kombinatga besh yil muddatga kafolatsiz uzoq muddatli sindikatlangan kredit berildi. Banklar konsorsiumi tarkibiga JP Morgan&Chase, Citi, Societe Generale, Credit Suisse, ICBC Standard, Halyk Bank va Deutsche Bank kirdi.

O‘tgan yilning sentabr oyida Rossiyaning VTB moliyaviy guruhi NKMKni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish uchun jami 1 mlrd dollarlik kredit liniyasi ochishini e’lon qildi, shundan so‘ng tomonlar tegishli kelishuvni imzoladi.

Manba: www.gazeta.uz