Joriy yilning 30-may kuni Toshkentda Uchinchi Xalqaro Farmasevtika Forumi ochilishi bo’lib o’tdi. Forumda Yevropa va Osiyoning yirik farmasevtika kompaniyalari qatnashdi.
Forum davomida O’zbekiston Respubilikasining Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbari O. Elmuratov so’zga chiqdi va O’zbekistonning investitsiya imkoniyatlari, farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda eksport hajmini ko’paytirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohatlar haqida ma’lumot berdi.
Forum yakunida O. Elmuratov va “Bayer” kompaniyasining MDX dagi raxbari O. Kasparov o‘rtasida tor doiradagi (G2B) uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek Forumda respublika va qo‘shni mamlakatlar farmasevtika bozorining dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Forum ikki kun – 30 va 31-may kunlari davom etadi.
Другие новости и события
Invest.gov.uz инвестицион порталининг ҳар қандай материаллари (такрор ишлаб чиқариш, нашр этиш, нусха олиш, қайта чоп этиш, тарқатиш, таржима қилиш, телекўрсатув, қайта ишлаш ва бошқа тарқатиш усуллари) - биринчи манба ва порталнинг ҳаволаси кўрсатилмаган ҳолда ишлатилиши қатъиян тақиқланади!