×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

🇺🇿 Hurmatli tadbirkorlar! 🟠2024-yil 14-iyun kuni Toshkent shahri “Tashkent City Congress Hall”da O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.

Sizni Forumda ishtirok etishga taklif qilamiz!

⚫️Siz koreyalik hamkasblaringiz bilan kelgusidagi hamkorlik va sheriklik istiqbollarini muhokama qilishingiz, foydali aloqalar o‘rnatishingiz va o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzishingiz mumkin bo‘ladi.

✍️Forumda Koreyaning 250 dan ortiq yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etadi. “Global ta’minot zanjirini mustahkamlash”, “Sanoat kelajagi uchun hamkorlikni mustahkamlash”, “Energetika va infratuzilma sohasida hamkorlik mustahkamlash” mavzularida panel sessiyalari bo‘lib o‘tadi.

📱Biznes-forumda ishtirok etish uchun havolada (https://forms.gle/GUPFU2fbv3a7uow16) ko‘rsatilgan shaklni to‘ldirishingizni so‘raymiz.