×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

2024-yil yanvar-iyul oylari yakuni bilan O‘zbekiston 10,5 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirib (oltinsiz), o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga yoki 1,2 mlrd dollarga o‘sishi taʼminlandi.

Shu jumladan, o‘tgan davr mobaynida misdan yasalgan buyumlar 38 foizga (+53 mln dollar), kabel mahsulotlari 13 foizga (+25 mln dollar), meva-sabzavot 24 foizga (+152 mln dollar), karbamid 2,7 barobarga (+51 mln dollar), metalldan qurilish materiallari 48 foizga (+45 mln dollar), zargarlik buyumlari 74 foizga (+10 mln dollar) xamda turizm 31 foizga (+404 mln dollar) va transport xizmatlari 28 foizga (+248 mln dollar) o‘sishga erishildi.

18 ta davlatlarga amalga oshirilgan eksport hajmining reja ko‘rsatkichlaridan ham yuqoriroq o‘sishiga erishilganligi hisobiga qo‘shimcha 1,1 mlrd dollarlik eksport amalga oshirilishi taʼminlandi. Jumladan, Rossiyaga 28 foiz (+465 mln dollar), Fransiyaga 2 barobar (+241 mln dollar), Afg‘onistonga 19 foiz (+89 mln dollar), AQSHga 2,2 barobar (+101 mln dollar), Birlashgan Arab Amirliklariga 42 foiz (+56 mln dollar) o‘sishga erishildi.

Eksportchi korxonalar faoliyatida vujudga kelayotgan muammolli masalalarini aniqlash va tezkorlik bilan hal etish maqsadida vazirlik huzurida “Eksport shtabi” faoliyat yuritmoqda. Yanvar – iyul oylari davomida shtab faoliyati doirasida korxonalarning ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan bog‘liq 480 ta muammoli masalalari tezkorlik bilan hal etildi.