🟠Tashrif doirasida Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishi hamda yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi.
🟠Tomonlar shu yil may oyida Malayziya Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari hamda moliya, savdo va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
🟠Malayziyalik yirik ishbilarmonlar bilan gaz-kimyo, avtomobilsozlik, oziq-ovqat, elektrotexnika va sopol mahsulotlar, qishloq xo‘jaligi uchun maxsus uskunalar ishlab chiqarish, tibbiyot, IT va raqamlashtirish yo‘nalishlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.
Другие новости и события
Invest.gov.uz инвестицион порталининг ҳар қандай материаллари (такрор ишлаб чиқариш, нашр этиш, нусха олиш, қайта чоп этиш, тарқатиш, таржима қилиш, телекўрсатув, қайта ишлаш ва бошқа тарқатиш усуллари) - биринчи манба ва порталнинг ҳаволаси кўрсатилмаган ҳолда ишлатилиши қатъиян тақиқланади!