×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

🇺🇿🇹🇷 Joriy yilning 6-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Turkiya Savdo vaziri Omer Bolat bilan uchrashdi.

🟠Suhbatda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari, Oʻzbekistonni Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonida qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

🟠O‘zaro savdo nomenklaturasini kengaytirish, standartlarni uyg‘unlashtirish va o‘zaro tan olish, samarali tarif va notarif tartibga solish bo‘yicha rejalar kelishib olindi. O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.

🟠Transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish, yuk tashish hajmlarini oshirish, narxlarni optimallashtirish, tranzit jarayonlarini soddalashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟠Investitsiyaviy hamkorlik sohasida Turkiya kompaniyalarining mamlakatimizdagi xususiylashtirish dasturlari va davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida loyihalarni amalga oshirishdagi ishtirokini yanada kengaytirishga kelishildi.

🟠Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiqligini tasdiqladilar hamda muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni hayotga tatbiq qilishga doir hamkorlik formatini ishlab chiqdilar.