×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

🇺🇿🇹🇷Joriy yilning 3-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Nozimjon Xolmurodov Turkiya Respublikasi poytaxtida boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston-Turkiya strategik munosabatlari – kelajakning kompleks istiqbollari” mavzusiga bagʻishlangan simpoziumda ishtirok etdi.

🟠Turkiya Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan yirik tadbirda Turkiya Prezidenti Administratsiyasi vakillari, ikki davlatning vazirlik va idoralar rahbarlari, yetakchi siyosatshunoslari va ekspertlari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlikning ko‘lamini kengaytirish masalalarini muhokama qilish va kontseptual yechimlarni ishlab chiqish maqsadida yig‘ildilar.

🟠Bir tomondan Turkiya tajribasi va texnologiyalari hamda ikkinchi tomondan O’zbekiston mutaxassislarining malakasi, resurslari, investitsion muhitining afzalliklari simbiozidan kelib chiqqan holda savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ekspertlar fikrlari va aniq takliflar ilgari surildi.