×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

🇺🇿 Shu yilning 3-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy, shuningdek, ikki davlat tegishli vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari rahbarlari hamda 1000 dan ortiq ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.

🟠Istiqbolli yo‘nalishlar sifatida o‘zaro savdo tarkibidagi tovarlar ro‘yhatini kengaytirish, ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, tadbirkorlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni faollashtirish, ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi qo‘shma tadbirlar va tashriflar sonini ko‘paytirish masalalari tilga olindi.

🟠Ikki tomonlama savdoni kengaytirish hamda mintaqa mamlakatlariga mahsulot yetkazib berish hajmini oshirish maqsadida davlat chegara punktlarining 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazish, savdo uylarini tashkil qilish, yirik transport va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish kabi chora-tadbirlar ko‘rilayotganligi alohida ta’kidlandi.

🟠Tadbir doirasida delegatsiyalar zargarlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika, togʻ-kon sanoati, transport va logistika sohalarida faoliyat yuritayotgan 75 ta yirik Afgʻoniston kompaniyalari mahsulotlari namoyish etilgan “Made in Afghanistan” sanoat mahsulotlari koʻrgazmasiga tashrif buyurishdi.

🟠Ko‘rgazma doirasida “B2B” va “G2B” muzokaralari tashkil etildi, unda tadbirkorlar yangi foydali aloqalar o‘rnatdilar hamda qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarining texnik jihatlarini muhokama qilishdi.

🟠Forum yakunlari bo‘yicha kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasida qator savdo shartnomalari hamda logistika markazini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

✍️ Afg‘oniston O‘zbekiston uchun beshinchi yirik eksport bozori hisoblanadi. Oxirgi besh yilda ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb bir yarim barobar oshib, 2023-yilda 866 million dollarga yetdi. Bugungi kunda mamlakatimizda afg‘on sarmoyasi ishtirokidagi 550 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 443 tasi 100 foiz afg‘on kapitali ishtirokida. Oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, turizm, to‘qimachilik kabi sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.