Joriy yilning 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarini jalb qilish agentligi hamda “Sinowise (Beijing) Technology Co” Ltd vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Sinowise (Beijing) Technology Co” Ltd 2009 yilda tashkil etilgan va energiya tejaydigan texnologiyalar va materiallar ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarga sarmoya kiritish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi investitsiya muhitini tahlil qilib, dastlabki ma’lumotlar asosida Oʻzbekistonda qurilish va mebel sohalari ehtiyojlari uchun ko‘p qatlamli fanera mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqishga qaror qildi. Kutilayotgan investitsiyalar hajmi qariyb 2 million AQSH dollarini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda investor tayyor ishlab chiqarish binosi bilan loyiha joyini qidirmoqda.
Uchrashuv davomida Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasining investitsiya muhiti va xorijiy investorlarga “yagona darcha” tamoyili asosida xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.
Taklif etilayotgan loyihani joylashtirish masalasini ko‘rib chiqish uchun maxsus iqtisodiy zonalarning bo‘sh maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham taqdim etildi va Agentlik tomonidan kompaniyaning “Chirchiq” Texnoparki va Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining bir qator erkin iqtisodiy zonalariga tashrifi tashkil etildi.
Другие новости и события
Invest.gov.uz инвестицион порталининг ҳар қандай материаллари (такрор ишлаб чиқариш, нашр этиш, нусха олиш, қайта чоп этиш, тарқатиш, таржима қилиш, телекўрсатув, қайта ишлаш ва бошқа тарқатиш усуллари) - биринчи манба ва порталнинг ҳаволаси кўрсатилмаган ҳолда ишлатилиши қатъиян тақиқланади!