×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

🇺🇿🇰🇷 Joriy yilning 30-31-may kunlari Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo‘ldi.

🟠Tashrif dasturi doirasida Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma qoʻmitasining 12-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🟠Tomonlar energetika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, infratuzilma va boshqa sohalardagi hamkorlikning muhim jihatlarini ko‘rib chiqdilar. Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish boʻyicha keyingi qadamlar belgilandi va yakunda imzolangan Yig‘ilish bayonnomasi bilan mustahkamlandi.

🟠Tashrif doirasida, shuningdek, Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vaziri, Eksimbank va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) rahbarlari, shuningdek, Koreyaning yetakchi kompaniyalari, jumladan KIA corporation, Samsung, Lotte Chemicals va boshqalar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.