×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Portugaliya davlatining O‘zbekistondagi elchisi o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 16-may kuni O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat  va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga Portugaliya davlatining O‘zbekistondagi elchisi Madalena Fischer tashrif buyurdi. 

O’zbekiston va Portugaliya davlati bilan aloqalarni yanada mustahkamlash IT sohasi, qayta tiklanuvchi energiya va Ta’lim sohasidagi islohatlar haqida ma’lumot almashishdi. Keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanmoqda.

Agentlik investorlar uchun “Yagona-darcha” (one stop shop) tamoyili tarzida ishlash, investorlarni qo‘llab quvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatdagi investitsiya muhiti hamda Respublika bo‘ylab amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasida biznes delegatsiyalar tashrifini tashkil etish, hamkorlikning amaliy jihatlarini yuzma-yuz muhokama qilib olish bo‘yicha kelishib olishdi.