×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Joriy yilning 22-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Toshkent shahrida O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Koʻp qirrali Oʻzbekiston-Ozarbayjon hamkorligining jadal rivojlanayotgani qayd etildi. Keyingi 5 yilda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 3 barobar, joriy yil boshidan buyon esa yana 20 foizga oshdi. Ikki davlat rahbarlari tomonidan qo‘yilgan vazifa – yaqin kelajakda tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

Iqtisodiyotning eng ustuvor tarmoqlari – energetika va shaharsozlikdan tortib mashinasozlik, to‘qimachilik va ipakchilikdan qishloq xo‘jaligigacha bo‘lgan sohalarda sarmoyaviy hamkorlik ko‘lami kengaymoqda. O‘zbekistonda “Pasha Holding”, “Matanat”, “Sarda Group”, “Sokar” kabi eng yirik Ozarbayjon kompaniyalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Oʻz navbatida, Oʻzbekistonning “Global Textile”, “Azsilk”, “Businesstex” kabi kompaniyalar Ozarbayjon hududlarida faoliyat yuritmoqda.

Investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan Qo‘shma investitsiya kompaniyasi ishga tushirildi. Yengil va oziq-ovqat sanoati, yashil energetika, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda aniq loyihalar portfeli shakllantirildi.

Forum yakunlari boʻyicha infratuzilmani rivojlantirish va shahar qurilishi, yangi logistika markazlari, taʼlim obyektlari, hamkor mamlakatlarda sanoat birlashmalarining vakolatxonalarini ochish boʻyicha ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, shuningdek, hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha aniq vazifalar va ularni amalga oshirish muddatlari aks etgan qoʻshma “Yoʻl xaritasi” qabul qilindi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida “Made in Azerbaijan” ko’rgazmasi yuqori saviyada ochildi.