×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Termiz erkin savdo zonasida Afg‘oniston fuqarolari uchun vizasiz rejim.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Termiz xalqaro savdo markazini” rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni tasdiqladi.

Markazda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga xorijliklar (shu jumladan Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolari) va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni faqat mehnat shartnomalari asosida ishga qabul qilishga ruxsat etiladi. Ishga qabul qilish O‘zbekistonda ishlash huquqini tasdiqlashni talab qilmaydi.

Afg‘oniston va Pokiston fuqarolari nafaqat ijara, balki markazdagi do‘konlar, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish obyektlariga ham egalik qilish huquqiga ega. Bunda yer ularga ijara huquqi asosida beriladi.

Xorijiy fuqarolar markazga vizasiz kirishlari va 15 kundan ortiq bo’lmagan muddatda bo’lishlari mumkin. Bundan tashqari, tibbiy klinikada bemorlarga zarur hollarda tibbiy kirish vizalarini rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.

Toʻliq maʼlumotni quyidagi saytdan olishingiz mumkin: https://lex.uz/uz/docs/6921780