×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

10,1 milliard dollarlik yangi investitsiya loyihalari ishlab chiqildi.

Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi tomonidan jami 10,1 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi 165 ta yangi investitsiya loyihalari ishlab chiqildi. Barcha loyihalar salohiyatli xorijiy investorlarga havola etish hamda investorlar uchun ma’lumotlarning maksimal darajada shaffofligini ta’minlash mahsadida  O‘zbekistonning yagona investitsion portaliga joylashtirildi.

Mazkur loyihalar to‘qimachilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, parrandachilik, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, terini qayta ishlash, poyabzal va kiyim-kechak ishlab chiqarish, kimyo sanoati, mashinasozlik, turizm va sog‘liqni saqlash kabi ko‘plab iqtisodiy sohalarni qamrab oladi.

Masalan, transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida umumiy qiymati
1,67 milliard AQSh dollarlik 9 ta loyiha, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida 379,8 million dollarlik 11 ta loyiha, mashinasozlik sohasida 285,6 million dollarlik
11 ta loyiha va sog‘liqni saqlash sohasida jami 145,8 million dollarlik 4 ta loyiha ishlab chiqildi.

Investitsiyalarni jalb etishning ushbu faol yondashuvi O‘zbekistonning turli sohalarni iqtisodiy rivojlantirish va modernizatsiya qilish, ishbilarmonlik muhitini mustahkamlash va mamlakatning barqaror o‘sishi va ravnaqi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga intilishini bildiradi.

Xorijiy investorlarni loyihalarimiz bilan quyidagi havola orqali tanishishga taklif qilamiz (https://invest.gov.uz/oz/investor-taxonomy/ready-invest-projects/). O‘z navbatida, Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qiladi.