×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Rossiyaning “RUSINOX” kompaniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarishni amalga oshirmoqchi

Joriy yilning 12 iyul kuni Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi xodimlari va Rossiyaning “RUSINOX” korxonasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kompaniya O‘zbekistonda elektr quvurlari va yassi zanglamaydigan metall ishlab chiqarishni amalga oshirishmoqchi.

Kompaniya Rossiya va MDH mamlakatlarida elektr payvandli zanglamaydigan po’lat quvurlarni ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi hisoblanadi. Hozirda ushbu kompaniya O‘zbekiston bozori va uning sarmoyaviy muhitini o‘rganmoqda. Xususan, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar kompaniya vakillarini qiziqtirmoqda. Shuningdek, kompaniya vakillariga yer olish tartibi va imtiyozli kreditlash to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Agentlik vakolati doirasida investitsiya loyihasini amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.