×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Barakat Chemicals Distribution kompaniyasi O‘zbekistonda yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Joriy yilning 12-iyul kuni Xorijiy Investitsiyalarni jalb etish agentligi xodimlari va Barakat Chemicals Distribution kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar O‘zbekistonda paxta va kungaboqar yog‘i ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 3 milion dollar atrofida investitsiya kiritmoqchiligini ma’lum qilishdi. Shuningdek, Barakat Chemicals Distribution kompaniyasi vakillari bizness reja tuzish hamda analiz qilish maqsadida yer uchaskalari va xomashyo materiallari haqida ma’lumot so‘radi. Agentlik barcha kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlashini va investitsiyon loyihalarini amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.