×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

🇺🇿🇺🇸 Joriy yilning 5-avgust kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) katta vitse-prezidenti Daniel Runde bilan uchrashdi.

🟠Tomonlarning diqqat markazida O‘zbekiston Respublikasi va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘ldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikka, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoniga taalluqli keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.

🟠Muhim foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va aniq investitsiya loyihalarini ishlab chiqish maqsadida AQSh ishbilarmonlik missiyalarining Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

🟠Uchrashuv yakunida muhokama qilingan barcha masalalar boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirishga qatʼiy intilish bildirildi.