×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

ЭИЗ ва КСЗ

1. Maxsus iqtisodiy zonalar

Maxsus iqtisodiy zona bu tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalar, yuqori texnologiyalar va boshqaruv tajribasini jalb qilish maqsadida maxsus ajratilgan chegaralari va alohida huquqiy rejimiga ega hudud.

Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari quyidagicha:

  • Erkin Iqtisodiy Zona – Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga faol jalb etish, shuningdek, ishlab chiqarish rivojlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan hudud;
  • Maxsus Ilmiy-Texnologik Zona –  Innovatsion infratuzilmani rivojlantirish maqsadida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologiya parklari, texnologiyalarni tarqatish markazlari (texnologiyalar transferi), innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) jamlangan hudud;
  • Turistik va Rekreatsion Zona – Turistlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlovchi zamonaviy turistik infratuzilma obʼyektlarini (mehmonxona majmualari, madaniy-koʻngilochar, savdo, koʻngilochar va boshqa turistik obʼyektlar), maxsus funksional va mavsumiy dam olish zonalarini barpo etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan hudud;
  • Erkin Savdo Zonasi – Erkin savdo zonalariga konsignatsiya omborlari, maxsus bojxona va soliq rejimlariga ega hududlar, shuningdek, tovarlarni qayta ishlash, qadoqlash, saralash va saqlash joylari kiradi. Erkin savdo zonalari O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidagi chegara punktlarida, aeroportlarda, temir yo‘l kesishmalarida yoki boshqa joylarda tashkil etiladi;
  • Maxsus Sanoat Zonasi – Boshqaruv, xo’jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etilgan hudud. Maxsus sanoat zonalariga zarur maʼmuriy, ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani yaratish uchun yer uchastkalarini ajratish yoʻli bilan tashkil etiladigan xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish zonalari kiradi.

 

Respublikamizda jami 8,6 ming gektar foydali yer maydonida 25 ta sanoat zonalari tashkil etilgan. Ushbu sanoat zonalarida qiymati 43,9 trln so‘mlik 650 ta loyihalar ishga tushirilib, 60 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ta, Andijon viloyatida 3 ta, Buxoro viloyatida 3 ta , Jizzax viloyatida 3 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 ta, Navoiy viloyatida 1 ta, Namangan viloyatida 2 ta, Samarqand viloyatida 1 ta , Sirdaryo viloyatida 2 ta , Surxondaryo viloyatida 1 ta, Toshkent viloyatida 3 ta, Farg‘ona viloyatida 1 ta hamda Xorazm viloyatida 1 ta MIZlar tashkil etilgan.

Maxsus iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 97,4 trln so‘mlik 431 ta loyihalar amalga oshirilmoqda, kelgusida mazkur loyihalarni to‘la-quvvatda ishga tushirish natijasida 55,8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Sanoat zonalarining ixtisoslashuvi bo‘yicha farmatsevtika, oziq-ovqat, yengil sanoat, qurilish materiallari, kimyo va neft-kimyo, qishloq xo‘jaligi va elektrotexnika kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashtirilgan. Maxsus iqtisodiy zonalardagi  1 712,3 gektar bo‘sh yer maydonlari 1 426 ta lotga bo‘lingan holda auksion savdolariga chiqarilib, e-auksion.uz saytiga joylashtirilgan.

MIZlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar

Maxsus iqtisodiy zonalari faoliyatini quyidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi:

–   O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuni 17.02.2020 y. O‘RQ-604-son (Umumiy qoidalar) ;

–   O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 2019-yil 31-dekabr, O‘RQ-599-son (Soliq imtiyozlari) ;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-son qarori (Er uchastkalarini auksion savdosiga qo‘yish tartibi) ;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PF-4853-son Farmoni;

–   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmoni;

–   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘risida”gi PF-153-son Farmoni;

–        O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-sentabrdagi “Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VMQ-452-son Qarori;

2. Erkin iqtisodiy zonalarining ro‘yhati

      1. «Navoiy» EIZ
      2. «Angren» EIZ
      3. «Jizzax» EIZ
      4. «Urgut» EIZ
      5. «G‘ijduvon» EIZ
      6. «Qo‘qon» EIZ
      7. «Namangan» EIZ
      8. «Hazorasp» EIZ
      9. «Termiz» EIZ
      10. «Nukus-farm» EIZ
      11. «Zomin-farm» EIZ
      12. «Kosonsoy-farm» EIZ
      13. «Sirdaryo-farm» EIZ
      14. «Boysun-farm» EIZ
      15. «Bo‘stonliq-farm» EIZ
      16. «Parkent-farm» EIZ
      17. «Andijon-farm» EIZ
      18. «Chorvoq» EIZ
      19. «Baliq ishlab chikaruvchi» EIZ
      20. «Sirdaryo» EIZ
      21. «Buxoro-agro» EIZ
      22. «Chirokchi» EIZ

      (link: sez.gov.uz );

3.Kichik sanoat zonalarining ro‘yhati

1.     KSZ «Nukus Technopark»

2.      KSZ «Ayritom»

3.       KSZ «Afrosiyob»

4.      KSZ «Pakhtaobod»

5.      KSZ «Telov»

6.      KSZ «Maxam Chirchik»

7.      KSZ  «Almazar»

8.      KSZ «Biochime»

9.       «Farovon» KSZ

10.  KSZ «Avtokhizmat»

11.  «Pitnak KUSH» KSZ

12.  KSZ «Shovot Bearing»

13.  KSZ «Arablar»

14.   Andijon viloyati kichik sanoat zonalari (KSZ) 

15.  Buxoro viloyati kichik sanoat zonalari (KSZ)

16.  Jizzax viloyati kichik sanoat zonalarining (KSZ)

17.   Qashqadaryo viloyati kichik sanoat zonalari (KSZ) 

18.  Qoraqalpog ‘iston Respublikasi kichik sanoat zonalari (KSZ)

19.  Navoiy viloyati kichik sanoat zonalarining (KSZ)

20.  Namangan viloyati kichik sanoat zonalarining (KSZ)

21.  Samarqand viloyati kichik sanoat zonalarining (KSZ)

22.   Sirdaryo viloyati kichik sanoat zonalari (KSZ)

23.   Surxondaryo viloyati kichik sanoat zonalari (KSZ)

24.  Toshkent viloyati kichik sanoat zonalarining (KSZ)

25.  Farg ‘ona viloyati kichik sanoat zonalari (KSZ) 

26.   Xorazm viloyati kichik sanoat zonalari (KSZ)

27.  «Zomin-Pharm» KSZ 

 

https://davaktiv.uz/uz/kszlists

 

4.Maxsus iqtisodiy zonalar hududida imtiyoz va preferensiyalar

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (68- bob) va “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni hamda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son qaroriga muvofiq, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ayrim soliqlar, shuningdek, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni taqdim etilgan.

Soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar 3 yildan 10 yilgacha muddatga beriladi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va Erkin iqtisodiy zona (YEIZ) ishtirokchilari kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashdan ozod qilinadi:

  • 300 ming dollardan 3 million dollargacha – 3 yil muddatga;
  • 3 million dollardan 5 million dollargacha – 5 yil muddatga;
  • 5 million dollardan 10 million dollargacha – 7 yil muddatga;
  • 10 million dollardan va undan ko‘p – 10 yil muddatga.

Shunindek, EIZ ishtirokchilari o‘zlari kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi:

  • 3 million dollardan 5 million dollargacha – 3 yil muddatga;
  • 5 million dollardan 15 million dollargacha – 5 yil muddatga;
  • 15 million dollardan va undan yuqori – 10 yil muddatga.

Bundan tashqari, EIZ ishtirokchilari tovarlarni olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 120 kungacha kechiktirish huquqiga ega.

EIZ ishtirokchilari uchun bojxona imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagi bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi :

  • qurilish davrida investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qurilish materiallari;
  • eksport uchun mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun foydalaniladigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar hamda ularning analoglari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar tasdiqlangan ro‘yxat       bo‘yicha (ro‘yxat Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi) (O‘zbekiston       Respublikasining 04.06.2021 y. 352-son. VMQ).

Davlat erkin iqtisodiy zonalarning qatnashchilarining muhnadislik-kommunikatsiya tarmoqlarga, ularni ishlab chiqarish maydonchalariga o‘z vaqtida tutashtirgan holda, kafolatli ulanishini ta’minlaydi.

5.Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish va ma’qullash tartibi
 

    • EIZda joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish Vazirlar Mahkamasining 16.01.2018 yildagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga (keyingi o‘rinlarda – Nizom) muvofiq amalga oshiriladi;

      Erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy kengashlar tomonidan qarorlar biznes-rejalar va texnik-iqtisodiy asoslarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» (keyingi o‘rinlarda — Markaz) DUKning ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda qabul qilinadi;

      Markazning amalga oshirilayotgan loyihalar biznes-rejalari yoki ularning texnik-iqtisodiy asosnomalari bo‘yicha xulosalar berish muddatlari yigirma kalendar kunidan oshmasligi lozim  ma’muriy kengashlar tomonidan ishlab chiqarish loyihalarini erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish bo‘yicha investitsiya buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish muddati Markaz tomonidan xulosa berish jarayoni bilan birga o‘ttiz kalendar kunidan oshmasligi lozim;

      Investor EIZ Direksiyasiga EIZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish uchun to‘ldirilgan investitsiya buyurtmanomasini taqdim etadi, unga quyidagilar ilova qilinadi:

      • yuridik shaxsning (investorning) ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot yoki ushbu investorning faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
      • tavsiya qilinayotgan investitsiya loyihasining biznes-rejasi;
      • investorning tegishli sohadagi va/yoki shunga o‘xshash loyihalarni amalga oshirishdagi ish tajribasi mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumot. Agar investorning tegishli sohada va /yoki o‘xshash investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ish tajribasi mavjud bo‘lmasa, investor Direksiyaga investitsiya loyihasini amalga oshirishga jalb etayotgan texnologik hamkorlari to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etadi;
      • investorning oxirgi uch yildagi moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ma’lumot.

       

      Barcha hujjatlar investor tomonidan Direksiyaga davlat yoki rus tilidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan tarjimasi ilova qilingan holda taqdim etiladi. Investor taqdim etilayotgan ma’lumotlar va hujjatlarning ishonchliligi yuzasidan javob beradi.

      Ma’muriy kengash kiritilgan investitsiya buyurtmanomalari va biznes-reajalarni ko‘rib chiqadi va loyihani EIZ hududida amalga oshirish mumkinligi yoki taqdim etilgan hujjatlarni puxtalashtirish zarurligi yoki EIZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

      Direksiyaga taqdim etilayotgan biznes-rejada quyidagi asosiy holatlar aks ettirilgan bo‘lishi kerak:

      • yuridik shaxsning (keyingi o‘rinlarda murojaatchi deb ataladi) yoki uning tas’sischilarining tashkil etilganligi, ularning tegishli sohada va o‘xshash investitsiya          loyihasini amalga oshirishda tajribaga egaligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
      • xodimlarni ishga qabul qilish manbasi (mahalliy — kollej bitiruvchilari, mehnat birjasi tomonidan yo‘naltirilgan shaxslar, boshqa tashkilotlar ishchilari va chet eldan mutaxassis          jalb etish) ko‘rsatilgan, tashkil etilayotgan ish o‘rinlari;
      • ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning nomi, hajmlari va o‘ziga xosligi;
      • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning mo‘ljallanayotgan narxlari va sotish bozorlari, mahsulotni ichki va tashqi bozorga yetkazish hajmlarini ko‘rsatgan holda;
      • ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozorlari bo‘yicha marketing tadqiqotlari;
      • xom-ashyo bazasining mavjudligi hamda loyihani amalga oshirish davrida xom-ashyo va materiallar bilan ta’minlashning kafolatlangan imkoniyati, mahalliy va import          materiallar, butlovchi uskunalarni ajratib ko‘rsatgan holda;
      • ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi va dastlabki 4 ta belgilardan biri darajasida boshlang‘ich xom-ashyoga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat          tovar nomenklaturasi kodi (TIF TN kodi — 2017 yil tahriri) bo‘yicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining o‘zgarishi;
      • ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni hamda tayyor mahsulotni tashish va logistikasi;
      • taklif etilayotgan loyihani amalga oshirish hamda ishlab chiqarishning barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan infratuzilma va muhandislik inshootlari (elektr energiyasi,          tabiiy gaz, ichimlik va texnik suv, kanalizatsiya, avtoyo‘l) hajmi;
      • ishlab chiqarish ajratmalarining mavjudligi, gazlarning turi va hajmi hamda qattiq va suyuq chiqindilarni ko‘rsatgan holda;
      • ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish uchun EIZ hududidagi uchastkaning mo‘ljallanayotgan o‘lchamlari;
      • asosiy ishlab chiqarish sexi, uskuna va texnologik liniyalar, ma’muriy-maishiy, ombor va boshqa yordamchi binolarning joylashishi ko‘rsatilgan ishlab chiqarishni          joylashtirishning dastlabki chizmasi;
      • ishlab chiqarish texnologiyasining (ekologik talablar hisobga olingan holda) texnologik uskunalar, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va davlatlari ro‘yxati ko‘rsatilgan          tavsifi;
      • ishlab chiqarishda foydalanilishi mo‘ljallanayotgan texnologik asbob-uskunalarning xususiyati, ularning zamonaviy texnologik talablarga muvofiqligi, investitsiya loyihasida          xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan menejment tizimining joriy etilishi;
      • mo‘ljallanayotgan investitsiyalarning hajmi, turi va muddatlari, moliyalashtirish manbalari va qarz mablag‘lari jalb etilgan taqdirda mo‘ljallanayotgan garov ta’minoti;
      • investitsiya loyihasi amalga oshirilishining iqtisodiy samaradorligini ko‘rsatib beruvchi ko‘rsatkichlari va moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar.
      • Direksiya taqdim etilgan hujjatlarni Vazirlar Mahkamasining 16.01.2018 yildagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan talablarga          muvofiqligi yuzasidan 2 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi.

               • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.01.2018 yildagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 6 va 7-bandlari talablari buzilgan holda taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalari, kamchiliklari ko‘rsatilgan holda, ko‘rib chiqilmasdan investorga qaytariladi.

6.Maxsus iqtisodiy zonalar
7.Махсус иқтисодий зоналарнинг бўш майдонлари

Привлечение свободных земельных участков малых промышленных зон Кашкадарьинской области в инвестиционный проект

Jizzax viloyati kichik sanoat zonalarining boʻsh er uchastkalarini investitsiya loyihasiga jalb etish

Привлечение свободного земельного участка в инвестиционный проект в МПЗ «Зомин Фарм»

 

Buxoro viloyati kichik sanoat zonalarining boʻsh er uchastkalarini investitsiya loyihasiga jalb etish

Afrosiyob KSZda investitsiya loyihasiga bo‘sh yer uchastkasi va binoni (1541 kv.m.) jalb qilish

“Arablar” KSZning bo‘sh yer uchastkasini investitsiya loyihasiga jalb qilish

Andijon viloyati kichik sanoat zonalarining boʻsh er uchastkalarini investitsiya loyihasiga jalb etish

“Airitom” KSZ bo‘sh yer uchastkasi va binoni (5110 kv.m.) investitsiya loyihasiga jalb qilish

Привлечение свободного земельного участка и здания (2200 кв.м.) МПЗ «Автохизмат» в инвестиционный проект

Привлечение свободного земельного участка и здания (10096 кв.м.) МПЗ «Биокимё” в инвестиционный проект

Привлечение свободного земельного участка МПЗ «Максам Чирчик» в инвестиционный проект

Привлечение свободного земельного участка СЭЗ «Чирокчи» в инвестиционный проект

Привлечение свободного земельного участка СЭЗ «Хазорасп» в инвестиционный проект

Привлечение свободного земельного участка СЭЗ «Ургут» в инвестиционный проект

Привлечение свободного земельного участка СЭЗ «Нукус» в инвестиционный проект

Привлечение свободного земельного участка СЭЗ «Наманган» в инвестиционный проект

Привлечение свободного земельного участка СЭЗ «Навоий»в инвестиционный проект

Привлечение свободного земельного участка СЭЗ «Коканд» в инвестиционный проект

Привлечение свободного земельного участка СЭЗ «Гиждуван» в инвестиционный проект

Привлечение свободного земельного участка СЭЗ «Бухара агро» в инвестиционный проект

Привлечение свободного земельного участка СЭЗ «Ангрен» в инвестиционный проект

“Nukus texnopark” KSZ hududidagi bo‘sh yer uchastkasi va binoni investitsiya loyihasiga jalb qilish

“Paxtaobod” KSZ hududidagi bo‘sh yer va binoni (1216 kv.m.) investitsiya loyihasiga jalb qilish

“Pitnak KUSH” KSZ bo‘sh yer uchastkasi va binoni(5243 kv.m.) investitsiya loyihasiga jalb qilish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi kichik sanoat zonalarining boʻsh er uchastkalarini investitsiya loyihasiga jalb etish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi kichik sanoat zonalarining boʻsh er uchastkalarini investitsiya loyihasiga jalb etish

Samarkand viloyati kichik sanoat zonalarining boʻsh er uchastkalarini investitsiya loyihasiga jalb etish

Sirdaryo viloyati kichik sanoat zonalarining boʻsh er uchastkalarini investitsiya loyihasiga jalb etish

Sirdaryo viloyati kichik sanoat zonalarining boʻsh er uchastkalarini investitsiya loyihasiga jalb etish

Toshkent viloyati kichik sanoat zonalarining boʻsh er uchastkalarini investitsiya loyihasiga jalb etish

“Telov” MFY hududidagi bo‘sh yer uchastkasini investitsiya loyihasiga jalb qilish

Fargʻona viloyati kichik sanoat zonalarining boʻsh yer maydonlarini investitsiya loyihasiga jalb etish

Xorazm viloyati kichik sanoat zonalarining boʻsh er uchastkalarini investitsiya loyihasiga jalb etish

“Shovot podshipnik” KSZ bo‘sh yer uchastkasi va binoni investitsiya loyihasiga jalb qilish