×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yaponiyaning Toyota Tsusho kompaniyasi bosh direktori Nobuxiko Murakami bilan uchrashdi.

🟠Suhbat davomida hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, energetika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning bugungi holati, yangi qo‘shma loyihalar portfelini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

✍️Toyota Tsusho Corporation Toyota guruhi tarkibiga kiruvchi savdo kompaniyasidir. 1948-yilda tashkil etilgan. Dunyo bo’ylab 150 dan ortiq ofis va 900 filiallarni o’z ichiga oladi. Kompaniyaning asosiy faoliyati Toyota Motor va Toyota guruhining boshqa kompaniyalarining avtomobil biznesini qo’llab-quvvatlashdan iborat. 50 mingdan ortiq xodimlarga ega.

🟠Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni jadal amalga oshirish doirasida bevosita o‘zaro hamkorlik formatini ishlab chiqdilar.