×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Kipr Respublikasi delegatsiyasi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga tashrif buyurdi

Kipr Respublikasining Tashqi ishlar vazirligining Ko‘p tomonlama aloqalar, xavfsizlik va global kun tartibi departamenti direktori o‘rinbosari, Savdo-sanoat palatasi Bosh kotibi, Investitsiyalarni rag‘batlantirish agentligi rahbari o‘rinbosari, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Bolqon, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, Turizm vazirligining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘lari O‘zbekistonga keldi.

Joriy yilning 16 iyul kuni Kiprning O‘zbekistondagi elchisi boshchiligidagi ushbu delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga tashrif buyurdi. Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash, savdo va sarmoya hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi. Kipr Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan davlatlar qatoridagi muvaffaqiyati va yutuqlarini yuqori baholab, investitsiya va savdo aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish niyatini bildirdi. Agentlik ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.