×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

JICA missiyasi va Takasaki shahri ma’muriyati bilan uchrashuv

Joriy yilning 24-oktabr kuni Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligida O‘zbekistonning biznes imkoniyatlari va sarmoyaviy salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida JICAning Takasaki shahridagi idorasi, Yaponiya xususiy kompaniyalari va Takasaki shahri ma’muriyati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Agentlik direktori o‘rinbosari O.Elmuratov Agentlik faoliyati va vazifalari, JICA bilan hamkorlik haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, Yaponiya delegatsiyasiga O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi, xususan, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, so‘nggi 7 yil davomida amalga oshirilgan islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar va boshqalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, yapon biznes vakillari O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyati va investorlarni himoya qilish bo‘yicha savollariga javob oldilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro aloqalarni o‘rnatib, kelgusidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldilar.