×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

(Русский) Вакансии

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga

Tahliliy ma’lumotlarni shakillantirish bo‘limi bosh mutaxassisi

lavozimiga ishga qabul qilish uchun

TANLOV E’LONI

 Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy bilim va malaka talablari:

  • Iqtisodiyot, moliya va huquqshunoslik yoki boshqa o‘zaro bog‘liq sohalarda bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lish;
  • Ish staji – kamida 1-3 yil tegishli sohalarda;
  • Chet tilini bilish: o‘zbek tili – erkin, rus tili – erkin, ingliz tili –erkin darajada;
  • Tadbirkorlik va investitsiya faoliyatiga taaluqli qonunlar va normativ hujjatlar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Tahlil qilish qobiliyatiga va ko‘nikmaga ega bo‘lish;
  • Amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish va tizimli muvofiqlashtirish;
  • Xalqaro tashkilotlar va tahlil qilish markazlarida ishlash tajribasiga ustunlik beriladi;
  • Microsoft Office va Power Point dasturlarini bilish.

 Bosh mutaxassisning asosiy vazifalar:

O‘z faoliyatida Bosh mutaxassis:

  • tashriflar, uchrashuvlar, muzokaralar, shuningdek Agentlik xodimlari ishtirokida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishda qatnashadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya tadbirlari va biznes-forumlarni tashkil etish va ularni xorijda tashkil etishga ko‘maklashish, tegishli tarqatma materiallar tayyorlash bo‘yicha ishlarni olib boradi; Agentlikning bo‘linmalari bilan hamkorlikda Agentlik vakillari ishtirokida yirik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha takliflarni shakllantiradi;
  • bo‘lim boshlig‘ining bo‘limga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan buyruqlarini bajaradi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi, uning tarmoqlari va hududlarining investitsion jozibadorligi va ishbilarmonlik muhiti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, to‘plash va qayta ishlash;
  • investitsiya faoliyatiga ta’sir etuvchi normativ-huquqiy bazani, investorlarning huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sanoat, hududlar va faoliyat sohalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik mexanizmlari va xorijiy investorlarga taqdim etiladigan imtiyozlar va preferentsiyalar hamda boshqa hujjatlarni tahlil qilish.
  • xorijiy investorlar respublika hududida faoliyat olib borishda duch keladigan muammolar to‘g‘risida ma’lumot to‘plash, tahlil qilish va umumlashtirish tizimini tashkil etish, shu asosda investitsiya faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, xorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, himoya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
  • xorijiy investitsiyalarni jalb etish va rivojlantirish holati to‘g‘risida statistik va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • xorijiy mamlakatlardagi investitsiya muhitining qiyosiy tahlilini o‘tkazish va respublikada investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • xorijiy investorlar va xorijiy davlatlarning boshqa vakillari o‘rtasida respublikadagi ishbilarmonlik muhiti va investitsiya muhitining holati bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazish, mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, shu asosda investitsiya strategiyasi bo‘yicha sharh va tavsiyalar tayyorlash;
  • mamlakatning investitsion jozibadorligidagi o‘zgarishlar tendentsiyalarini aniqlash;
  • tarmoqlar, hududlar, shu jumladan, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish va umumlashtirish;

Maosh: Suhbat natijasiga ko‘ra.

Aloqa ma’lumotlari:

  • uzipa@invest.gov.uz elektron manzil;
  • (71) 202-02-11 Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga

Tahliliy ma’lumotlarni shakillantirish bo‘limi boshlig‘i

lavozimiga ishga qabul qilish uchun

TANLOV E’LONI

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy bilim va malaka talablari:

  • Iqtisodiyot, moliya va huquqshunoslik yoki boshqa o‘zaro bog‘liq sohalarda bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lish;
  • Ish staji – kamida 3-5 yil tegishli sohalarda;
  • Chet tilini bilish: o‘zbek tili – erkin, rus tili – erkin, ingliz tili –erkin darajada;
  • Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarini bilish;
  • Tadbirkorlik va investitsiya faoliyatiga taaluqli qonunlar va normativ hujjatlar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Tahlil qilish qobiliyatiga va ko‘nikmaga ega bo‘lish;
  • Amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish va tizimli muvofiqlashtirish;
  • Xalqaro tashkilotlar va tahlil qilish markazlarida ishlash tajribasi rag‘batlantiriladi;
  • Microsoft Office va Power Point dasturlarini bilish.

Bo‘limi boshlig‘ining asosiy vazifalar:

O‘z faoliyatida Bo‘limi boshlig‘i:

  • Xorijiy investorlarning O‘zbekiston Respublikasiga va mahalliy hamkorlarning xorijiy davlatlarga o‘zaro tashriflarini tashkil etishda qatnashadi;
  • Xorijiy delegatsiyalar ishtirokidagi tadbirlar dasturining tayyorlanishini ta’minlaydi va nazorat bo‘linmalari bilan birgalikda ularni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtiradi;
  • Bo‘lim ishini boshqaradi, bo‘lim xodimlarining majburiyatlarini taqsimlaydi, bo‘lim ishini rejalashtirishni, yuqori tashkiliy, xizmat ko‘rsatish va ishlash intizomini ta’minlaydi;
  • Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, buyruqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun bo‘lim xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi;
  • Agentlik rahbariyatining buyruq va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
  • Bo‘limning choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlaydi, ularni tasdiqlash uchun taqdim etadi, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
  • Bo‘limga xodimlarni yollash va joylashtirish jarayonida Agentlik rahbariyatiga takliflar kiritadi, ularning kasbiy mahorati, malakasi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va axloqiy fazilatlarining yuqori darajasi kafolatlanishini ta’minlaydi, kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘radi;
  • O‘zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, bo‘limda korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek ularni bartaraf etish, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali chora-tadbirlar ko‘radi;
  • bo‘lim faoliyatini tizimli tahlil qilishni tashkil etadi va uning asosida o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
  • boshqarmaga yuklatilgan vazifalar doirasida boshqarmaning boshqa bo‘linmalari, bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi, shuningdek bo‘limni o‘z vakolatlari doirasida davlat va boshqa tashkilotlarda vakillik qiladi;
  • bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha muzokaralarda qatnashadi;
  • bo‘limvakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
  • Agentlik rahbariyatiga bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish, o‘qitish va amaliyot o‘tash uchun xorijiy mamlakatlarga yuborish, ularning malakasi, bilimini oshirish va xalqaro ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • Agentlik va uning bo‘linmalarida o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qiladi.
  • Bo‘lim boshlig‘i o‘ziga yuklatilgan boshqa vazifalarni ham belgilangan tartibda bajaradi.