×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Farmatsevtika sohasidagi “INTEGRA DD” MCHJ qo‘shma korxonasining dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun litsenziyalari olindi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi xorijiy sarmoyadorlarning monitoring ishlari doirasida farmatsevtika sohasiga qariyb 2,0 mln. AQSH dollar sarmoya kiritgan “Manjukov Farma” (Bolgariya) kompaniyasi ishtirokidagi “INTEGRA DD” MCHJ QKga faoliyatini tiklashiga ko‘maklashmoqda.

Bugungi kunda Agentlikning amaliy yordami natijasida “INTEGRA DD” MCHJ QK dori-darmonlarini ishlab chiqarish uchun litsenziyasi olindi.

Shuningdek, joriy yilning 27 mart kuni qo‘shma korxona ta’sischilari va tijorat banki vakillari o‘rtasida muammoli kredit masalalarini hal etish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, tomonlar 2024-2026 yilgacha bo‘lgan davrda o‘z faoliyatini tiklash va biznes-rejani amalga oshirish maqsadida kelishuv bitimini tuzish to’‘g’risida kelishuvga erishdilar.