TXIF nafaqat Yangi O‘zbekiston, balki mintaqa uchun ham muhim voqealardan biridir. Uning dasturiga anʼanaviy tarzda davlat rahbari darajasidagi yalpi majlis, 50 dan ortiq ekspert muhokamasi uchrashuvlari, jumladan panel sessiyalari, davra suhbatlari va B2B muzokaralari kiradi.
Forumning har bir ishtirokchisi o’ziga qiziq bo’lgan sohalarni topishi, muayyan investitsiya holatlarini o‘rganishi, turli sohalardagi so‘nggi tendentsiyalarni muhokama qilishi va foydali istiqbolli takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin bo‘ladi. Forumning alohida kun tartibi – jahondagi iqtisodiy notinchlik fonida barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish etishda davom etayotgan davrda, O‘zbekistonning salohiyatini taqdim etishdan iborat. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, jumladan, katta imtiyoz va preferensiyalar, investorlar huquqlarining kafolatlangan himoyasi investorlar qiziqishini rag‘batlantirmoqda.
Другие новости и события
(Русский) Любое использование (воспроизведение, опубликование, копирование, перепечатывание, распространение, перевод, передача в эфир, переработка и другие способы распространения) материалов Инвестиционного портала - Invest.gov.uz, без указание первоисточника и ссылки на Портал строго запрещено!