×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

SME Center @SMCCIning O‘zbekistonga o‘quv safari

Joriy yilning 26-fevral kuni Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligida Singapurning “SME Center @ SMCCI” kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonda investitsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “SME Center @ SMCCI” kompaniyasi raisi Azhar Bin Usmon va ijrochi direktor Ahmad Bin Mohamed kompaniya faoliyati haqida ma’lumot berishdi.
18 yildan ortiq vaqt davomida kompaniya kichik va o’rta biznes bilan yaqindan hamkorlik qilib, ularning bizneslarini qiyin global iqtisodiy muhitda dolzarb va raqobatbardosh bo’lib qolishiga yordam beradi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Singapur kompaniyalarining O‘zbekistondagi investitsiya faoliyati doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar. O‘z navbatida Agentlik Singapur kompaniyalarining investitsiya loyihalarini O‘zbekistonda amalga oshirishga ko‘maklashadi.