×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Belarus Respublikasi bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 25 avgust kuni hukumat delegatsiyasining tashrifi doirasida Minsk shahrida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Belarus Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Pyotr Parxomchik bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv davomida tomonlar o’zbek-belorus hamkorligining joriy holati to’g’risida fikr almashdilar.

Xususan, O’zbekistonda maxsus kar’yer va qishloq xo’jaligi texnikalarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatlari ko’rib chiqildi. Muzokaralar jarayonini tezlashtirish va loyihani amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi”ni tasdiqlash to’g’risida kelishuvga erishildi.

Sanoat kooperatsiyasi va investitsiyaviy hamkorlikka istiqbolli yo’nalishlar sifatida urg’u berildi. Shu nuqtai nazardan, yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyati muhokama qilindi. Jumladan, “Energokomplekt” kompaniyasi bilan Toshkent viloyatida o’tkazgichli kabel mahsulotlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar jarayonida mebel sanoati sohasidagi hamkorlikning istiqbollariga alohida to’xtalib o’tildi. Tomonlar kooperatsiya qilish imkoniyatlarini o’rganishga hamda chuqur tahlil asosida qo’shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Muzokaralar yakunida yig’ilishda erishilgan kelishuvlar va tashabbuslarni amalga oshirish bo’yicha qo’shma harakatlar rejasini ishlab chiqishga qaror qilindi.