×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Malayziyaning IT-kompaniyasi bilan uchrashuv

Joriy yilning 26-yanvar kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori o‘rinbosari O.Elmuratovning Malayziyaning “Alphront Sdn Bhd” IT-kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda agentlik direktori o‘rinbosari O. Elmuratov vakillarga agentlik faoliyati va vazifalari, xususan, xorijiy investorlarga sarmoyaviy imkoniyatlar, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berish, xorijiy investorlarga davlat organlari va mahalliy hamkorlar bilan aloqa o‘rnatishlarida, litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, ularning investitsiya loyihalari uchun yer uchastkalari va ko‘chmas mulkni aniqlash va boshqa yo‘nalishlarda ko‘maklashishi to‘g‘risida xorijiy kompaniya vakillariga ma’lumot berdi.

“Alphront Sdn Bhd” kompaniyasining Guruh direktori Nizom Mohd Nafis va ijrochi direktori Low Shin Hangb kompaniya faoliyati haqida gapirib berishdi.
15 yildan ortiq vaqt mobaynida kompaniya axborot texnologiyalari sohasida samarali faoliyat yuritib, onlayn yechimlarning ta’minotchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shu bilan birga, kompaniya vakillariga O‘zbekiston Respublikasining sarmoyaviy salohiyati va iqlimi haqida taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot doirasida xorijiy kompaniyalar vakillari investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan so‘nggi muhim islohotlar, investitsiya faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari, mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar, preferensiyalar va shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekistondagi kompaniyalarning investitsiya faoliyati doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga va kelgusi hamkorlik doirasidagi keyingi qadamlar haqida kelishib oldilar.