×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

TANLOV E’LONI

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga

Tahliliy ma’lumotlarni shakllantirih bo‘limi bosh mutaxassisi

lavozimiga ishga qabul qilish uchun

TANLOV E’LONI

 

  1. Ma’lumoti oliy – (tegishli yo‘nalish bo‘yicha bakalavr, magistratura);
  2. Ish staji – kamida 3-5 yil tegishli sohalarda va davlat byudjet taskilotlarida;
  3. Chet tilini bilish: o‘zbek tili – erkin, rus tili – erkin, ingliz tili – IELTS 6.0 kam bo‘lmagan darajada

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy malaka talablari:

–  Iqtisodiy tarmoqlarni batafsil tahlil qilish tajribasi;

– Tadbirkorlik va investitsiya faoliyatiga taaluqli qonunlar va normativ xujjatlar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi;

– Tahlil qilish qobiliyatiga va ko‘nikmaga ega bo‘lish;

– Iqtisodiyot, moliya va huquqshunoslik yoki boshqa o‘zaro bog‘liq sohalarda bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lish (O‘zbekiston yoki xorijiy oliy o‘quv yurtlarining diplomlari);

– Iqtisodiy va moliyaviy tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertiza qilish. O‘z faoliyati doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni o‘tkazish;

– Amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish va tizimli muvofiqlashtirish;

– Xalqaro tashkilotlar va tahlil qilish markazlarida ishlash tajribasi rag‘batlantiriladi;

– Microsoft Office dasturlarini bilish (Excel, Power Point va boshqalar.);

Asosiy vazifalar:

  • Batafsil tarmoq va sanoat tahlillari taqdim etish;
  • Respublikada investitsiya muhiti va biznes sharoitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Barcha soliq turlari bo‘yicha ma’lumotga ega va unga doir qonun xujjatlarni qo‘llash va xisobotlar tayyorlash;
  • Potentsial investorlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy ma’lumotlar va ularni qullab-quvvatlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi qoidalarni xorijiy investorlar uchun tushunarli bo‘lgan shaklda o‘zgartirish va tadbiq qilish (infografika, bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar, taqdimot va xokazo).
  • Tahlil asosida, dolzarb muammolarni taxlil qilish, tizimlashtirish va takliflar ishlab chiqish.

Aloqa ma’lumotlari:

  • uzipa@invest.gov.uz elektron manzil;
  • (71) 202-02-11 Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi.