×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Без рубрики

Без рубрики

Joriy yilning 25-sentabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Olimxon Rustamov va FAW Jiefang Automobile direktorlar kengashi raisi hamda partiya qo'mitasi kotibi Xu Xanze o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: 1953-yilda tashkil etilgan FAW Group Xitoyning birinchi mashinasozlik kompaniyalaridan hisoblanadi. Avtomobil ishlab chiqarish hajmi bo'yicha Xitoyda ikkinchi o'rinda, og'ir yuk tashuvchi tijorat transporti bo'yicha esa birinchi o'rinda turadi. Kompaniyaning o'rta va katta hajmli mashinalari Xitoyda eng ko'p sotiluvchi yuk avtomobillari qatoridan o'rin olgan. Suhbat davomida Xitoyning China FAW Group Co Ltd kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonning UzAuto Trailer va Vodiy Universal Majmua kompaniyalari bilan birgalikda Andijon viloyatida turli hajmdagi yuk tashuvchi avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi muhokama qilindi. Shu bilan birga, muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda yuk avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Viloyatdagi tegishli kichik va o‘rta biznes uchun o‘sish omili sifatida ushbu sohani rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan loyiha va tashabbuslar doirasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlarni belgilab oldilar. [su_image_carousel source="media: 17039,17038,17037"]

Joriy yilning 21-sentabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Oybek Xamrayev Singapurning “Surbana Jurong Group” kompaniyasi bosh direktori Shon Chjian bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar asosiy eʼtiborini suv taʼminoti va suv resurslarini boshqarish sohasidagi joriy loyihalarni amalga oshirish jarayoniga qaratdi. Shuningdek, kelgusi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar transport va logistika, neft-kimyo, qayta tiklanadigan energetika, shaharsozlik va infratuzilma sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun: “Surbana Jurong Group” 2015 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shaharsozlik va infratuzilma sohalarida Singapurning eng yirik konsalting kompaniyasi hisoblanadi. 40 ta mamlakatda jami 16 ming xodimga ega 120 dan ortiq idoralari mavjud. Kompaniya shu kungacha
16 mingdan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.

 

[su_image_carousel source="media: 17003,17004,17002"]