×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O‘zbekiston-Xitoy savdo-iqtisodiy, investitsion va turizm forumi

Xitoy Xalq Respublikasining Szyansu provinsiyasi gubernatori Syu Kunlin boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasining tashrifi doirasida Toshkent va Qashqadaryoda qator uchrashuv va tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, joriy yilning 22 sentabr kuni O‘zbekiston-Xitoy savdo-iqtisodiy, investitsion va turizm forumi bo‘lib o‘tdi.

Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan forumda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va ustuvor tarmoqlarda o‘zaro manfaatli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: 2017-2022 yillarda Xitoyning O‘zbekistonga kiritgan sarmoyalarining umumiy hajmi 10 milliard dollardan ortiqni tashkil etdi. Birgina 2022-yilning o‘zida 2 milliard dollardan ortiq investitsiyalar o‘zlashtirildi. O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni bugungi kunda 1823 taga yetdi.

Forumda Tszyansu provinsiyasi gubernatori Syu Kunlin, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Yu Szyong, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori Murat Mirzayev va ikki davlatning boshqa vakillari ma’ruzachi sifatida ishtirok etishdi.

Shuningdek, B2B va B2G formatlarida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, unda Xitoy va O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining 250 dan ortiq vakillari, investorlar, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.