×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni savdo sohasida ko‘pligi ma’lum bo‘ldi

Respublikada qaysi sohalarda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar ko‘pligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 15 497 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 401 ta va xorijiy korxonalar 9 096 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar sohalar bo‘yicha soni eng ko‘p savdoda qayd etildi  4 700 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan sohalar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • sanoat  4 280 ta;
  • qurilish  1 247 ta;
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi  763 ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar  635 ta;
  • axborot va aloqa  718 ta;
  • tashish va saqlash  446 ta;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish  229 ta;
  • boshqalar  2 479 ta.

 

Manba: kun.uz