×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти (ИҲТ) мамлакатлари иштирокида бизнес форум

IHT a’zo-davlatlari ishtirokidagi 5-biznes forum 2023-yil 8-noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazildi. Tadbir xalqaro iqtisodiy sheriklikni mustahkamlashda navbatdagi muhim qadamlardan hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: Ozarbayjon, Afgʻoniston, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Oʻzbekiston IHT aʼzolari hisoblanadi. O‘zbekiston mazkur tashkilotga 1992-yilda a’zo bo‘lgan.
Statistika Agentligining ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 193 ta davlat bilan savdo faoliyatini amalga oshirgan bo‘lsa, mamlakat tashqi savdosida IHT mamlakatlari ulushi 20,5 foizni yoki 9,2 mlrd dollarni tashkil etgan.
Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya davlatlaridan 300 dan ziyod delegat va O‘zbekistondan 500 dan ortiq vakillar, shu jumladan savdo-sanoat palatalari, vazirliklar, soha muassasalari, banklar va xususiy kompaniyalar rahbarlari hamda vakillari ishtirok etib, IHT doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlik holati, shuningdek, uni kengaytirish istiqbollari va faollashtirish masalalarini muhokama etishdi.
Biznes forum davomida yoqilg‘i-energetika, kimyo, oziq-ovqat, to‘qimachilik va boshqa sohalar vakillari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etilib, ular davomida mazkur sohalardagi biznes hamkorlikni kengaytirish maqsadida istiqboldagi rejalar belgilab olindi.