Joriy yilning 22 iyul kuni O‘zbekiston va Tailand biznes vakillari oʻrtasida B2B muzokaralari bo‘lib oʻtdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbari va Tailand Tashqi ishlar vazirligi kotibi o‘rinbosari ochib berdi. Unda 40 dan ortiq biznes vakillari ishtirok etdi va jami 20 ga yaqin yig‘ilish o‘tkazildi.
Uchrashuvlar davomida to’qimachilik, ipak, oziq-ovqat, baliqchilik va farmatsevtika sanoatida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar kelgusidagi hamkorlik va ishbilarmonlik aloqalarini davom ettirish uchun aloqa ma’lumotlarini almashdilar.
Tadbir O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Другие новости и события
(Русский) Любое использование (воспроизведение, опубликование, копирование, перепечатывание, распространение, перевод, передача в эфир, переработка и другие способы распространения) материалов Инвестиционного портала - Invest.gov.uz, без указание первоисточника и ссылки на Портал строго запрещено!