×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Xitoy va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha onlayn konferensiya

Joriy yilning 31-yanvar kuni Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha onlayn formatda video konferensiya o‘tkazildi, unda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktorining o‘rinbosari O. Elmuratov ishtirok etdi.

Videokonferensiya davomida Agentlik direktorining o‘rinbosari Agentlik faoliyati va funksiyalari, xususan, xorijiy investorlarni investitsiya imkoniyatlari, mamlakatning joriy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardor qilish, xorijiy investorlar, davlat organlari va mahalliy hamkorlar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishga ko‘maklashish, zarur litsenziyalar va ruxsatnomalarni olishda, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ko‘chmas mulk obyektlari va yer uchastkalarini aniqlashda yordam berilishi haqida nutq so‘zladi.

Shu bilan birga, Xitoy kompaniyalari vakillariga investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha so‘nggi muhim islohotlar, investitsiya faoliyatini rag‘batlantirishga bag‘ishlangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasining maqsadlari, mamlakatda tashkil etilgan xorijiy investorlar uchun imtiyozlar, preferensiyalar va shart-sharoitlar to‘g‘risida ma‘lumot berildi, shuningdek, chet-el investitsiyalari ishtirokidagi loyihalar uchun yerdan foydalanish, O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun ko‘chmas mulk sotib olish, EIZ va imtiyozli siyosatlarni yaratish, investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yuanda investitsiya kiritish va O‘zbekistonda uzoq muddatli yashash, Xitoyga investitsiyalar daromadlarini qaytarish va valyuta nazorati bo‘yicha savollarga javob berildi.

Ma‘ruza yakunida Xitoy va Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston bilan investitsiyalar va iqtisodiy rivojlanish sohasida hamkorlik qilish istiqbollarini ta‘kidlab o‘tildi.