×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Xitoyning “Sunda International Group” vakillari bilan uchashuv

Xitoyning “Sunda International Group” vakillari bilan uchashuv

Joriy yilning 12-mart kuni Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligida O‘zbekistonda investitsiya loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha tashrif buyurgan Xitoyning  “Sunda International Group” kompaniyasi vakillari Eddy Wang, Hubert Zhou va Salawat Hairatlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Sunda International Group” 2000 yilda tashkil etilgan. Kompaniya keramika, sanitariya-gigiyena tozalash vositalari va kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi hamda 20 dan ortiq mamlakat va mintaqalarni qamrab olgan marketing tarmog’iga ega.

Uchrashuv davomida O‘zbekistondagi investitsiya muhiti va imtiyoyzlar, Agentligimizning “Yagona darcha” tamoyili asosida xorijiy sarmoyadorlarga xizmatlar ko‘rsatishi tushuntirildi hamda O‘zbekistonda investitsiya loyihasini joylashtirish uchun erkin iqtisodiy zonalar ro‘yhati  taqdim etildi.

Kompaniya tomonidan “Angren“ EIZ va “Sirdaryo” EIZlar tashrif uchun tanlandi va Agentlik tomonidan ushbu erkin iqtisodiy zonalarga tashriflar tashkillastirib berildi.