×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O‘zbekistonda qaysi hududda sanoat korxonalari ko‘proq joylashgan?

2022- yilning 1- sentabr xolatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 95 761 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 4,1 foizga oshgan. Shuningdek faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxonalarning (565 982 ta) 16,9 foiz ulushi sanoat korxonalariga to‘g‘ri kelib, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 94 854 tani tashkil etdi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha joylashdi:

Toshkent shahrida – 16 419 ta

Farg‘ona viloyatida – 10 591 ta

Andijon viloyatida – 9 748 ta

Toshkent viloyatida – 9 640 ta

Samarqand viloyatida – 8 576 ta

Namangan viloyatida – 7 553 ta

Qashqadaryo viloyatida – 338 ta

Buxoro viloyatida – 970 ta

Surxondaryo viloyada – 756 ta

Xorazm viloyatida – 4 671 ta

Jizzax viloyatida – 936 ta

Navoiy viloyatida – 860 ta

Qoraqalpog‘iston R. – 434 ta

Sirdaryo viloyatida – 269 ta

 

Manba: stat.uz