JShShIR olish
JShShIR — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami boʻlib, Oʻzbekistonning davlat axborot tizimlarida qoʻllaniladigan noyob 14 xonali identifikatordir. Xorijiy fuqarolar davlat va boshqa rasmiy xizmatlardan foydalanish maqsadida JShShIRni belgilangan tartibda olishlari mumkin. JShShIR bir marta beriladi hamda pasport almashtirilganda yoki uning rekvizitlari oʻzgarganda ham saqlanib qoladi.