×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Samarqandda XVI Verona iqtisodiy forumi o‘z ishini yakunladi

“Verona” Yevroosiyo iqtisodiy forumiga dunyoning 27 davlati vakillari tashrif buyurdi.
Forum davomida 8 ta sessiya boʻlib, unda xalqaro savdo, sarmoyaviy va texnologik, transport-logistika kooperatsiyasi, xomashyo va energiya bozorlari, moliyaviy va bank xizmatlari bozorlari, global oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va boshqa dolzarb masalalarni rivojlantirish istiqbollari va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Forum ekspertlar va ishbilarmonlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish, kapital va texnologik innovatsiyalarni jalb qilish, qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish bo‘yicha fikr almashish va yangi yo‘nalishlarni belgilash imkoniga ega bo‘lgan samarali muloqot maydoni bo‘ldi.