×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

2024-yil 4-iyun kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan “Termiz xalqaro savdo markazi”da O‘zbekiston-Afg‘oniston tadbirkorlari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida muzokaralar tashkil qilindi.

Forumda O‘zbekiston va Afg‘oniston ishbilarmon doiralari vakillaridan 70 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi. Ulardan 25 nafari Afg‘oniston ishbilarmon doiralaridan, 45 nafari esa O‘zbekistonlik tadbirkorlar edi.

Forumda quyidagi kompaniyalar ishtirok etdi:

– Afg‘onistondan: “Bashir Navid Group”, “Rasool Khan Aimaq Trading Company”, “Bozhan Construction & Logistic Services Co.”, “Zekrullah Momenzada Ltd Construction, Import Export & Tours”, “Nawia Ahadi”.

– O‘zbekistondan: Qiziriq Meliorativ Quvur MCHJ, “Greensulfcrete” MCHJ, “Turon eco kumir” MCHJ, Bless s.r MCHJ, “Qumtex invest” MCHJ.

Tadbir ikki mamlakatning biznes aloqalarini rivojlantirish va yangi imkoniyatlarni izlashda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga bo‘lgan keng qiziqishini namoyish etadi.

Forumda to‘qimachilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash va turizm kabi sohalarda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Muhokamalarda umumiy manfaatlar va potentsial yo‘nalishlar aniqlanib, keyingi hamkorlik uchun yo‘l ochildi.

Ushbu tadbirning muhim jihatlaridan biri ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida ishonchni mustahkamlash, barqaror va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashishga zamin bo‘ldi. Uchrashuvlar va muzokaralar davomida mumkin bo‘lgan to‘siqlarni olib tashlash va kelajakdagi hamkorlik uchun qulay sharoitlarni yaratish muhim maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

Bunday tadbirlar nafaqat mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, balki do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni rivojlantirishga ham yordam beradi.