×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

🇺🇿🇲🇳Joriy yilning 24-iyun kuni Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston biznes-forumida ishtirok etdi. Tadbirda ikki davlatning vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari rahbarlari hamda 150 dan ortiq yirik kompaniyalar vakillari qatnashdi.

🟠 Savdo-iqtisodiy o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada rivojlantirishning bir qator istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi. Jumladan, togʻ-kon sanoati, qishloq xoʻjaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, tibbiyot, farmatsevtika, oziq-ovqat, bank sektorini rivojlantirish va boshqalar kabi qator istiqbolli yoʻnalishlari belgilab olindi.

✍️ Ma’lumot uchun: 2023 yilda Mo’g’uliston yalpi ichki mahsuloti 18,5 milliard dollarni tashkil etdi, 2023-yilda mamlakat iqtisodiyoti 7 foizga yaqin o’sishni ko’rsatdi. Tashqi savdo aylanmasi 24,4 milliard dollarni tashkil etdi. Mo‘g‘uliston oltin, kumush, temir, koʻmir, mis, molibden, volfram, qalay, nikel, rux, shpat kabi tabiiy resurslarga boy.

🟠Nodir metalllar va bazaltning yangi konlarini birgalikda o‘zlashtirish bilan birgalikda chorvachilik va qishloq xo‘jaligi klasterlarini tashkil etish va tayyor mahsulotlarni eksportga yetkazib berish kabi loyihalarning istiqbolligi ta’kidlandi.

🟠Sog‘liqni saqlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda qator ikki tomonlama kelishuvlar imzolandi.

🟠B2B va G2B formatlarida o‘tkazilgan muzokaralarda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari yangi aloqalar o‘rnatish, yangi qo‘shma tashabbuslarning amaliy jihatlarini va rejalarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.