Joriy yilning 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarini jalb etish agentligi “Shin-Line” va “Qaz Package” (Qozog‘iston) kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida logistika sohasidagi investitsion loyihalar muhokama qilindi, bunda “Shin-Line” O‘zbekistonda zamonaviy robotlashtirilgan logistika markazini ochishga 10 million AQSh dollarigacha sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Agentlik tomonidan investorlarga taqdim etiladigan imtiyozlar, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalarda loyihani amalga oshirish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar zamonaviy ombor qurilishi uchun investitsion loyihani amalga oshirish uchun mos yer uchastkasini topishda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Другие новости и события
(Русский) Любое использование (воспроизведение, опубликование, копирование, перепечатывание, распространение, перевод, передача в эфир, переработка и другие способы распространения) материалов Инвестиционного портала - Invest.gov.uz, без указание первоисточника и ссылки на Портал строго запрещено!