×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Samarqandda XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi.

Unda vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, moliya institutlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari, shuningdek, Oʻzbekiston, Yevropa va Osiyo mamlakatlaridagi 450 dan ortiq kompaniya rahbarlari ishtirok etmoqda.
Tadbirning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati, Yevropa va Osiyo mamlakatlari oʻrtasida azaldan savdo-iqtisodiy markaz boʻlib kelgan qadimiy Samarqandda oʻtkazilishining ahamiyati taʼkidlandi. Mintaqadagi barcha davlatlar manfaati yo‘lida iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.
Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi ishbilarmon doiralar vakillari oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, mavjud muammolarni muhokama qilish va qo‘shma sarmoyaviy tashabbuslarni amalga oshirishga oid o‘sish nuqtalarini aniqlash uchun sharoit yaratishga qaratilgan.