×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

TXIF-2024 ga roʻyxatdan oʻtish jarayoni ochildi

2024-yil 2-3-may kunlari Toshkent shahrida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtadi.

TXIF bu nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanadi. Anʼanaga muvofiq, uning dasturiga davlat rahbari darajasidagi yalpi majlis, turli masalalar muhokamasiga bagʻishlangan ekspertlarning 50 dan ortiq uchrashuvlari, jumladan panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralari kiritilgan.

www.iift.uz sayti orqali 2024-yil 25-aprelgacha roʻyxatdan onlayn oʻtish mumkin boʻladi.