×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

🇺🇿🇲🇾Joriy yilning 28-29-may kunlari Malayziyada ınvestitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Malayziya ınvestitsiyalar, savdo va sanoat vaziri Zafrul Abdul Aziz, Din ishlari vaziri Mohamad Naim bin Moxtar, Markaziy bank raisi Datuk Abdul Rashid Gaffur va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

🟠Tashrif doirasida Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishi hamda yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi.

🟠Tomonlar shu yil may oyida Malayziya Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari hamda moliya, savdo va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

🟠Malayziyalik yirik ishbilarmonlar bilan gaz-kimyo, avtomobilsozlik, oziq-ovqat, elektrotexnika va sopol mahsulotlar, qishloq xo‘jaligi uchun maxsus uskunalar ishlab chiqarish, tibbiyot, IT va raqamlashtirish yo‘nalishlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.