×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

🇺🇿🇦🇿Joriy yilning 21-may kuni Ozarbayjon Respublikasining Guba shahrida II-O‘zbekiston – Ozarbayjon hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi. (https://gov.uz/miit/news/view/12130/) Unda ikki davlat 300 dan ortiq ishbilarmon doiralari vakillari, vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirok etdi.

🟠Forumga O‘zbekiston tomonidan – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Ozarbayjon tomonidan – Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov hamraislik qildi.

🟠Hamkorlikni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari belgilandi. Bu, birinchi navbatda, iqtisodiyotlarni bir-birini to‘ldirish tamoyiliga asoslanib, savdo aloqalarini chuqurlashtirish, hamda EIZ imtiyozlaridan foydalangan holda yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo va zargarlik sanoati sohalarida qo‘shma sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishdir.

🟠Forum doirasida ikkala delegatsiya rahbarlari oʻrtasida ikki tomonlama muzokaralar, shuningdek, B2B va G2B formatlarida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

🟠Hududlararo forum yakunida Termiz va Bilasuvar, Namangan va Mingechevir, Guliston va Fizuli shaharlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik toʻgʻrisida Oʻzaro anglashuv memorandumlari, shuningdek, qishloq xo’jaligi va to’qimachilik sanoati sohalarida investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.